Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tojikiston kasallanishlar soni bo‘yicha O‘zbekistondan o‘tib ketdi

Tojikiston kasallanishlar soni bo‘yicha O‘zbekistondan o‘tib ketdi

Foto: «Anadolu Agency»

«Worldometer» ma’lumotiga ko‘ra, Tojikistonda koronavirusga chalinganlar soni 3424 nafarga yetdi. Bu O‘zbekistonda qayd etilgan (3369 nafar)dan 55 nafarga ko‘pdir.      

Markaziy Osiyo respublikalari orasida koronavirus bo‘yicha eng og‘ir vaziyatlardan biri kasallik mavjudligi eng oxiri bo‘lib tasdiqlangan Tojikistonda kuzatilmoqda. Qozog‘iston kasallanganlar soni bo‘yicha ilgarilab ketgan (9304 nafar) bo‘lsa, Tojikiston o‘lim holatlari bo‘yicha mintaqada birinchi o‘rinda — 47 nafar.

Tojikistonda 15-maydan 22-maygacha kuniga 200 nafardan ortiq bemor aniqlangandi, 24-maydan kunlik kasallanishlar soni kamayishni boshladi:

  • 24-may — 191 nafar
  • 25-may — 171 nafar
  • 26-may — 166 nafar
  • 27-may — 158 nafar.

Ayni paytga kelib qo‘shni mamlakatda 1586 nafar bemor tuzalib ketgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring