Tez orada Italiyada restoranlar ishga tushishi mumkin
Italiyada restoran va barlar 4 maydan boshlab o‘z faoliyatini davom ettirishi mumkin.
ANSA agentligi manbalariga ko‘ra, Italiya hukumati pandemiya sababli yopilgan istirohat bog‘larining ochilishini ham ma’qullashi mumkin. Biroq, odamlar bu joylarga guruh-guruh bo‘lib borish imkoniga ega bo‘lishmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Italiyada karantin 2020-yil 3-maygacha uzaytirilgan. Bu mamlakatda SARS-CoV-2 virusi bilan kasallanishning 172,434 holati aniqlangan va 22,745 o‘lim holatlari qayd etilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter