Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Sputnik V» va Astra-Zeneca vaksinalari ikki bosqichli emlanishda yuqori darajada immunitet hosil qiladi

«Sputnik V» va Astra-Zeneca vaksinalari ikki bosqichli emlanishda yuqori darajada immunitet hosil qiladi

Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati rahbari Furqat Sanayev ma’lum qildi.

«Sputnik V» va Astra-Zeneca vaksinalari  ikki bosqichli emlanish bilan inson organizmida yuqori darajada immunitet hosil qilinishiga yordam beradi.

O‘zbek - Xitoy vaksinasida  esa to‘liq uch bosqichda emlangandan so‘ng inson organizmida yetarlicha antitanacha hosil bo‘lishiga erishish mumkin.

Ikki oy mobaynida  2 million  069 ming 518 doza vaksina qo‘llanilgan bo‘lsa,  shundan 348 ming 302  nafar kishi to‘liq  bosqichlarda emlanib bo‘lindi.

AstraZeneca bilan 321 ming 906 nafar kishi,

ZF-UZ-VAC2001 bilan 494 nafar kishi,

«Sputnik V» vaksinasi bilan esa 25 ming 902 nafar kishi barcha bosqichlarda to‘liq emlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring