Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Slovakiya prezidenti kutilmaganda karantinga ketdi

Slovakiya prezidenti kutilmaganda karantinga ketdi

Foto: «TASS/ZUMA»

Slovakiya prezidenti Zuzana Chaputova xodimlaridan biri COVID-19 ga chalingan bemor bilan muloqotda bo‘lgani uchun karantinga ketdi. Bu haqda bugun, ya’ni 24-iyun kuni «HN Slovensko» portali xabar berdi.

«Prezident rejalashtirilgan tadbirlarni bekor qildi va juma kunigacha (26-iyungacha — tahririyat) karantinda qoladi», — deya ma’lum qildi davlat rahbari matbuot kotibi.

Slovakiya sog‘liqni saqlash vaziri Marek Kraychining so‘zlariga ko‘ra, prezident koronavirusga test topshirgan, natijasi kutilmoqda.

O‘tgan bir kecha-kunduzda respublikada 18 ta COVID-19 bilan bog‘liq yangi holat qayd etildi. Bu o‘tgan ikki oy davomida rekord o‘sish hisoblanadi, deya ta’kidlagan «Dennik».

Mamlakatda koronavirus bo‘yicha cheklov choralari apreldayoq bekor qilina boshlagan. Masalan, 22-aprel kuni oziq-ovqat bozorlari, avtosalonlar, do‘konlar va aholiga xizmat ko‘rsatish muassasalari faoliyati tiklandi.

Hukumat cheklov choralarini har ikki haftada bosqichma-bosqich bekor qilishga va’da bergan.

«Worldometer» ma’lumotlariga ko‘ra, 24-iyunga kelib Slovakiyada 1,6 ming kishida COVID-19 qayd etilgan bo‘lib, 28 nafari vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring