Singapurlik shifokorni hamkasblari besh doza vaksina bilan emlashdi
Singapurdagi milliy oftalmologiya markazi shifokori anglashilmovchilik sababli «Pfizer/BioNTech» vaksinasining bir yo‘la beshta dozasini qabul qildi. Bu haqda «Channel News Asia» xabar berdi.
Ortiqcha doza qabul qilgan shifokorni darhol nazoratga olishgan, vaksinaning nojo‘ya oqibatlari kuzatilmagan.
Yuz bergan hodisa yuzasidan zudlik bilan ichki tekshiruv o‘tkazilgan. Aniqlanishicha, hodisa inson xatosi bilan yuz bergan: vaksinani taqsimlovchi xodim vaqtincha boshqa ishga chalg‘igan, boshqa bir xodim esa ampuladagi aralashtirilmagan doza bilan mijozni emlagan.
Singapurda vaksinatsiyalash 30-dekabrdan boshlangan. «Pfizer/BioNTech» vaksinalari bilan birinchi navbatda tibbiyot xodimlari emlanmoqda. Mamlakat hukumati 2021-yilning yakuniga qadar Singapurning jami aholisini vaksinalashni rejalashtirgan.
Bungacha koronavirusga qarshi vaksina dozasini besh karra oshirib yuborish hodisalari Germaniya va Litvada kuzatilgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter