Shimoliy Koreya: koronavirusga chalinganlar soni — 18 mingdan ortiq, 6 kishi vafot etdi
KXDR hududida rasman ilk bor koronavirusni yuqtirish holati qayd etilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Yonhap agentligi Shimoliy Koreya OAVga asoslanib yozishicha, bu mamlakatda ayni paytda COVID-19 bilan kasallangan 18 mingdan ortiq bemor qayd etilgan, 6 kishi vafot etgan.
Shimoliy Koreya o‘z hududida COVID-19ning «omikron» shtammi bilan kasallanishlar sodir bo‘lganini kecha, 12-may kuni rasman tasdiqlagandi. 8-may kuni Pxenyanda bezgakka chalingan bemorlardan olingan namunalar «omikron» bilan bir xil chiqqan.
Butun dunyoda koronavirus pandemiyasi boshlangan 2020-yilning boshidan beri Shimoliy Koreya o‘z hududida COVID-19 bilan kasallanish holatlari kuzatilmaganini ta’kidlab keladi.
Endi Koreya yarimorolining shimolida ham koronavirus o‘chog‘i paydo bo‘ldi. Shu munosabat bilan Shimoliy Koreya hukumati «o‘ta favqulodda holatlar» uchun virus nazorati tizimi joriy etilishini e’lon qildi. Mamlakat yetakchisi Kim Chen In siyosiy byuro yig‘ilishini o‘tkazib, chegara nazoratini yanada kuchaytirishni buyurdi. U «kutilmagan inqiroz»ni yengib o‘tishga va’da bergan.
Mamlakatda to‘liq lokdaun joriy etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning yanvaridan beri koronavirus tufayli KXDR chegaralari xorijliklar uchun ham, mamlakat fuqarolari uchun ham to‘liq yopiq.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter