Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokorlarning 14 kunlik ishi uchun 25 mln so‘mdan berildi

Shifokorlarning 14 kunlik ishi uchun 25 mln so‘mdan berildi

Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlarni davolash uchun jalb etilgan shifokorlarning birinchi guruhiga 14 kunlik ishi uchun 25 million so‘mdan to‘landi. Bu haqda Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida Respublika shoshilinch tez-tibbiy yordam ilmiy yordam markazi direktori Doniyor Alimov ma’lum qildi.

«14 kun ishlagan tibbiyot xodimlariga javob berildi va va’da qilinganidek shifokorlarga 25 million so‘mdan, hamshiralarga esa 15 million so‘mdan to‘landi. Boshqa xodimlar ham belgilangan pullarini olishdi», — dedi Doniyor Alimov.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga qarshi kurashda ishtirok etadigan shifokorlar va boshqa xodimlar uchun Prezident tomonidan maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish belgilangandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring