Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokorlar koronavirusdan darak beruvchi alomatlarni ma’lum qilishdi

Shifokorlar koronavirusdan darak beruvchi alomatlarni ma’lum qilishdi

Foto: «RIA»

AQShdagi Mayo klinikasi shifokorlari COVID-19ning nafas olish yo‘llarida namoyon bo‘lishidan oldin kelib chiqadigan bir qator alomatlar haqida ma’lumot berishdi. Bu haqda «Daily Express» nashri xabar bergan.

«COVID-19 oshqozon-ichak yo‘lida yengil alomatlarni, jumladan, ishtaha yo‘qolishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish va ich ketishini keltirib chiqarishi mumkin», — deyiladi xabarda.

Shunga qaramay, bular eng ko‘p uchraydigan alomatlar emasligi va atigi bir kun davom etishi mumkinligi ta’kidlangan. Ich ketishi va ko‘ngil aynishi ko‘pincha nafas olish alomatlari paydo bo‘lishidan oldin kelib chiqadi, deya ta’kidlashmoqda mutaxassislar.

Shifokorlar ko‘ngil aynishi boshqa bir qancha kasalliklar, masalan, gripp, migren, oshqozon-ichak yo‘li buzilishi yoki depressiyadan darak berishi mumkinligini eslatib qo‘yishdi.

Koronavirus infeksiyasida ko‘ngil aynishidan so‘ng yo‘tal, isitma, ta’m va hid yo‘qolishi kuzatiladi.

Koronavirus pandemiyasi deyarli butun dunyoni qamrab oldi. Yer yuzida 81 milliondan ortiq kishi infeksiyani yuqtirib olgan bo‘lib, ulardan 1,8 millionga yaqini vafot etdi. Kasallanishlar eng ko‘p AQSh, Hindiston va Braziliyada qayd etilmoqda. Qurbonlar soni bo‘yicha ham shu mamlakatlar oldingi o‘rinlarda borishmoqda.

O‘zbekistonda 76 832 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ulardan 74,439 nafari tuzalgan. 613 bemor vafot etdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring