Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shifokor koronavirusning yashirin alomatlarini sanab berdi

Shifokor koronavirusning yashirin alomatlarini sanab berdi

Foto: «RIA Novosti»

Biologiya fanlari doktori Ancha Baranova «RIA Novosti» bilan suhbatda koronavirusning yashirin alomatlarini sanab o‘tdi.

Mutaxassisning ta’kidlashicha, alomatsiz tashuvchilarning aksariyat qismini yoshlar tashkil etadi. To‘g‘ri, ular odatda boshqa sabablarga ko‘ra shifokorga murojaat qilishadi. «Masalan, oshqozonosti bezini tekshirganda kompyuter tomografiyadan o‘tishiga to‘g‘ri keladi, natijada esa bemorning o‘pkasi zararlangani oydinlashadi», — deya izohlaydi u.

O‘pkaning hajmini stereometriya yordamida nazorat qilish mumkin. Agar u kichraysa, bu koronavirus alomati bo‘lishi mumkin, dedi mutaxassis. Uning so‘zlariga ko‘ra, koronavirusga test musbat chiqqanda, lekin kasallik alomatlari aniqlanmaganda tomografiya qildirib, o‘pkaning holatini baholash kerak.

Virusni yuqtirganlikning yana bir yashirin belgisi buyrak funksiyasi pasayishi hisoblanadi. Bunday vaziyatda glomerulyar filtratsiyaga qon tahlili topshiriladi. Bundan tashqari, tug‘uruqdan keyin homilador ayolning yo‘ldoshida ham koronavirus topilgan. «Homilador ayolning organizmi kasallikni boshidan o‘tkazgan. Lekin uni alomatsiz tashuvchi deb bo‘lmaydi, alomatlari aniqlanmagan odam desa, to‘g‘riroq bo‘ladi», — deb xulosa qildi shifokor.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring