Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Saksoniya morglari o‘liklarga to‘lib ketdi

Saksoniya morglari o‘liklarga to‘lib ketdi

Foto: «RIA»

Germaniyaning Saksoniya federal yeridagi shifoxonalarning morglarida COVID-19dan vafot etganlar uchun joy yetmay qoldi, deya xabar berdi «Bild» tabloidi.

Nashrning ma’lum qilishicha, shifoxonalarda, eng avvalo, sharqiy Saksoniyada bir necha kundan beri favqulodda holat hukm surmoqda. Gyorlits okrugida deyarli barcha intensiv terapiya yotoqlari band qilingan.

«Klinikalarda vafot etgan qarindoshlari bilan xayrlashish uchun maxsus joylar ajratilgan. Shuningdek, shifoxonalar Gyorlits okrugidagi krematoriya va dafn marosimlari byurosi bilan yaqin aloqa o‘rnatgan: ularning ham muzxonalari bor», dedi tuman vakili «Bild» nashriga. Shu bilan birga, u marhumlarning mayitiga doimo hurmat bilan munosabatda bo‘lishlarini ta’kidladi.

Gyorlits shifoxonalarining har birida vafot etganlar uchun 6 tadan 15 tagacha sovitish xonalari mavjud. Ammo o‘lim holati oshgan hozirgi sharoitda shifoxonalar murdalarni joylashtirishga imkon topolmay qolishyapti.

Ayni paytda, «Bild» xabariga ko‘ra, vaziyat yana nazoratga olingan. Ammo kelgusida bunday muammolarga duch kelmaslik uchun okrug ma’murlari FHDYo idoralaridan o‘lim to‘g‘risidagi guvohnomalarni o‘z vaqtida berishlarini so‘rashmoqda.

Germaniyada koronavirusga chalinganlar soni bir kunda 12 332 kishiga ko‘paydi, yana 147 bemor COVID-19dan vafot etdi, deya ma’lum qildi Germaniya Sog‘liqni saqlash vazirligi tarkibiga kiruvchi va mamlakatda COVID-19 bilan kasallanish statistikasini yurituvchi Robert Kox instituti. Saksoniyada koronavirus bo‘yicha eng qiyin vaziyatlardan biri yuzaga kelgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring