Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada koronavirusning janubiy afrika shtammi aniqlandi

Rossiyada koronavirusning janubiy afrika shtammi aniqlandi

Foto: «Reuters»

«Rospotrebnadzor» Rossiyada koronavirusning janubiy afrika shtammi aniqlangani haqida o‘z saytida xabar berdi.

SARS-CoV-2 izolyatlarini monitoring qilish maqsadida epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib tekshirilgan shaxslar (jumladan, xorijdan kelganlar)dan olingan 8,1 mingta namuna o‘rganilgan.

Izolyatlarning 28 tasi britan shtammi, 2 tasi janubiy afrika shtammi bo‘lib chiqdi. 16 tasi —  koronavirusning boshqacha mutatsiyalari, braziliya shtammi esa aniqlanmagan.

Biologlarga ko‘ra, COVID-19ning janubiy afrika shtammi britancha shtammga qaraganda xavfliroq.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring