Ramzan Qodirov: dam olish kunlari ko‘chada «qo‘lga tushganlar» ishdan haydaladi
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov respublika aholisidan uyda qolishni so‘radi. Dam olish kunlari ko‘chada «qo‘lga tushganlar» ishdan haydalishini aytdi, deb yozadi «RIA Novosti».
U shanba va yakshanba kunlari favqulodda vaziyat xodimlari, shifokorlar, yo‘lsozlar, kommunal xizmati xodimlari va operativ shtabning maxsus ruxsatnomasi ega bo‘lgan kishilardan tashqari hammaning uyda qolishini so‘radi.
«Qolgan hamma uyda bo‘lishi zarur, vazirlik va boshqarma xodimlari ham shular jumlasidan», — dedi u.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, bir necha kun davomida respublikada dezinfeksiya ishlari olib boriladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Chechenistonda 115 kishi koronavirusga chalingan bo‘lib, ulardan 5 nafari vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter