Qishki qo‘lqoplar koronavirusdan himoya qiladimi? — Virusolog javob berdi
Virusolog koronavirusdan himoya qilishda qishki qo‘lqoplarning samaradorligini baholadi. Bu haqda Sechenov universiteti tibbiy parazitologiya, tropik va transmissiv kasalliklar instituti direktori, RFA muxbir a’zosi Aleksandr Lukashev «RIA Novosti»ga ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, matodan tikilgan oddiy qo‘lqoplar xuddi rezina qo‘lqoplar singari virusni yuqtirish ehtimolini kamaytiradi. Shunga qaramay, mutaxassis ta’kidlashicha, qo‘lqop bilan burun qashlanadigan bo‘lsa, hech qanday qo‘lqopdan foyda bo‘lmaydi. Lukashevning qayd etishicha, koronavirusning aloqa yo‘li bilan yuqishi to‘liq o‘rganilmagan. Shu bois qo‘lqoplarning samarasi qanchalik yuqori ekanligini baholash mushkul.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter