Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qirg‘izistondan kelgan 108 fuqaroda koronavirus aniqlanmadi (foto)

Qirg‘izistondan kelgan 108 fuqaroda koronavirus aniqlanmadi (foto)

Asaka tumanida karantinda bo‘lgan 108 nafar hamyurtimiz o‘z uylariga kuzatildi.

2020 yilning 3 aprel kuni qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi chegarasidan Andijon viloyatiga o‘tgan Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarida yashovchi 108 nafar fuqaro Respublika maxsus komissiyasining tavsiyasiga asosan, Andijon viloyati Asaka tumanidagi maxsus maktab internatiga 14 kunlik tibbiy kuzatuv karantiniga olingan edi.

14 kunlik kuzatuvda bo‘lgan fuqarolarimiz chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklardan o‘tkazildi. Maxsus testdan o‘tkazilib tekshirilganda virus aniqlanmagani hamda kasallik tarqatish xavfi yo‘qligini inobatga olib ular oilalari bag‘riga qaytishga ruxsat berildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring