Qaysi omillar koronavirus kechishini og‘irlashtiradi?
Janubiy Koreyada tibbiyot xodimlari koronavirusning og‘ir ko‘rinishda kechishiga sabab bo‘ladigan omillarni aniqlashdi, deya xabar berdi «Reyter» agentligi.
Shifokorlar Janubiy Koreyada COVID-19 tarqalishining epitsentriga aylangan Tegudagi gospital bemorlarini 19-fevraldan 15-aprelgacha nazorat qilishdi. Koronavirus 110 ta bemordan 23 nafarida og‘ir asoratlarni keltirib chiqargan.
Bemorlarni kuzatish natijasida isitma, diabet, qonning kislorodga to‘yinmasligi va yurakdagi muammolar koronavirus infeksiyasi kechishini yomonlashtirishi ma’lum bo‘ldi.
Olimlarning ta’kidlashicha, kasallik asosan diabet yoki yurak yetishmovchiligidan qiynalayotgan keksa bemorlarda og‘ir kechgan.
Shu bilan birga, tadqiqot mualliflarining fikricha, ushbu omillar shifokorlarga COVID-19 asorat xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarni aniqlashga yordam beradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter