Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Pandemiyaga qarshi kurashda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yilsa, xayrlashamiz kim bo‘lishidan qat’i nazar» – Shavkat Mirziyoyev (video)

«Pandemiyaga qarshi kurashda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yilsa, xayrlashamiz kim bo‘lishidan qat’i nazar» – Shavkat Mirziyoyev (video)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev 7-may kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishi boshida koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash borasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

«Hozirda ko‘p davlatlarda fuqarolarimiz bor. Biz tizimli ravishda, imkoniyatimizga qarab ularni baribir olib kelishni boshlashimiz kerak. Olib kelishni boshladik ham reja bilan Rossiyadan, Turkiyadan, Dubaydan va boshqa davlatlardan. Shularning 11 mingga yaqini ancha qiynalgan, ularni birinchi navbatda olib kelamiz. Lekin hamma bilishi lozim: kelganlarning ichida kasalliklar aniqlanyapti, bunga tayyor turishimiz kerak», – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, prezident juda katta kuch sarflab, ko‘p sa’y-harakatlar, xalqimizning ko‘magi va chuqur tushunishi, sabr-toqati bilan O‘zbekistonda bu ofatni jilovlab turganimizni alohida ta’kidladi. Shuning uchun juda ham ziyraklik va ehtiyotkorlik bilan, karantin qoidalariga to‘liq amal qilishimiz shartligini uqtirdi.

Davlat rahbari barcha davlatlar karantin choralariga qattiq amal qilish bilan birga iqtisodiyotni tiklash bo‘yicha qattiq kurash olib borayotganini, hozir hech kimga oson emasligini, birorta davlatning o‘zining retsepti yo‘qligini qayd etdi.

«Bizning xato qilishga, xotirjamlikka berilishga haqqimiz yo‘q», dedi prezident.

«Buxorodagi, Sardobadagi hodisalar bizga saboq bo‘lishi kerak. Qaysi shaharda, tumanda pandemiyaga qarshi kurashda ko‘zbo‘yamachilikka yo‘l qo‘yilsa, xayrlashamiz kim bo‘lishidan qat’i nazar... Tibbiy niqobni yechish man etiladi. Shu sharoitda yashash va ishlashga o‘rganishimiz kerak», – ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring