Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zMobayl» uydan chiqmagan holda mobil aloqa abonentiga aylanishni taklif qildi

«O‘zMobayl» uydan chiqmagan holda mobil aloqa abonentiga aylanishni taklif qildi

Foto: UZTELECOM

Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga rioya etish maqsadida, «O‘zbektelekom» AK «O‘zMobayl» filiali mobil aloqa xizmatlariga onlayn-ulanish xizmatini ishga tushirdi.

«Karantin sharoitida siz uchun muhim bo‘lgan insonlar bilan aloqada qolish juda zarur. UZTELECOM mobil aloqasi sizni kutilmagan vaziyatlarda qo‘llab-quvvatlaydi va sizlarga uydan chiqmagan holda abonentimiz bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi.

Xizmat kompaniya sayti orqali onlayn-arizani to‘ldirish yo‘li bilan amalga oshiriladi va bunda siz so‘ralayotgan barcha zarur ma’lumotlarni, shu jumladan shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat parametrlari, sotib olmoqchi bo‘lgan raqamingiz va tanlagan tarif rejangizni ko‘rsatishingiz lozim. So‘ngra, 1-3 ish kuni davomida arizangiz ko‘rib chiqiladi va bizning agentlarimiz siz bilan bog‘lanadi. Raqamni faollashtirish tanlangan tarif rejaning abonent to‘lovi to‘langandan so‘ng (pullik toifadagi raqam tanlangan hollarda, raqam uchun to‘lov qo‘shilgan holda) amalga oshiriladi.

Milliy operator jamoasi sizlardan barcha karantin qoidalariga rioya qilishni, o‘zingizga va boshqalarga g‘amxo‘rlik qilishni hamda uyda qolishingizni so‘raydi. Biz esa, o‘z navbatida, sizlarning aloqangiz haqida qayg‘uramiz!», deyiladi kompaniya xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring