Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonning uch hududida koronavirusga chalinish holati aniqlanmadi

O‘zbekistonning uch hududida koronavirusga chalinish holati aniqlanmadi

2021-yil 25-dekabr holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 198 242 (+143) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 11 tasi – Andijon viloyati, 8 tasi – Buxoro viloyati, 6 tasi – Jizzax viloyati,1 nafari Navoiy viloyati, 4 tasi – Namangan viloyati, 18 tasi – Samarqand viloyati, 2 tasi – Sirdaryo viloyati, 8 tasi – Farg‘ona viloyati, 11 tasi – Xorazm viloyati, 34 tasi – Toshkent viloyati, 40 tasi – Toshkent shahrida aniqlangan.

Kecha kasallikdan 189 nafar bemor sog‘aygandi, jami tuzalganlar – 195193 nafar va sog‘ayish ko‘rsatkichi 98 foizni tashkil etmoqda.

Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1479 nafarni tashkil qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring