Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga AQShdan Moderna vaksinasi olib kelindi

O‘zbekistonga AQShdan Moderna vaksinasi olib kelindi

Foto: SSV matbuot xizmati

O‘zbekistonga koronavirusga qarshi 3 million 60 doza Moderna vaksinasi olib kelindi.

Vaksina AQSh tomonidan Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVAX dasturi doirasida ajratilgan bo‘lib, ayni shu soniyalarda maxsus havo qatnovi vositasida AQShning Alabama shtatidan yurtimizga yetkazib berildi, deya xabar berdi SSV. 

Ma’lumki, «Moderna» kompaniyasining koronavirusga qarshi qo‘llaniladigan 3 million 60 doza vaksinasini O‘zbekiston uchun AQSh beg‘araz ko‘mak tariqasida ajratdi.

Aytish lozimki, Moderna Qo‘shma Shtatlarda qo‘llanilayotgan 3 ta vaksinadan bittasi hisoblanadi. Shuningdek, AQSh Kasalliklar nazorati va ularning oldini olish bo‘yicha markazi (CDC) ma’lumotiga ko‘ra, «Moderna» kompaniyasining vaksinasi 94 foizdan ziyod samaradorlikka ega bo‘lgani holda COVID-19 virusi yuqishini bartaraf etadi.

Moderna vaksinasi JSST tomonidan favqulodda holatlarda foydalanish uchun tasdiqlangan («Pfizer», «Johnson & Johnson» kompaniyalarining vaksinalari, shuningdek, «AstraZeneca» kompaniyasining ikki turdagi preparatidan so‘ng) beshinchi vaksina hisoblanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring