O‘zbekistonda kutilmaganda koronavirus yuqtirganlar ko‘paya boshladi
2022 yil 16 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 239435 (+59) nafarni tashkil etmoqda.
Ta’kidlash joizki, 14 iyun kuni bor-yo‘g‘i sakkiz kishida kasallik qayd etilgan. Bir kun avval esa 57 bemor qayd etilgan.
Yangi kasallanish holatlarining:
2 nafari Andijon viloyatida,
1 nafari Buxoro viloyatida,
2 nafari Samarqand viloyatida,
4 nafari Surxondaryo viloyatida,
1 nafari Farg‘ona viloyatida,
4 nafari Toshkent viloyatida,
45 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan, deyiladi SSV ma’lumotida.
Kecha kun davomida
Surxondaryo viloyatida 2 nafar,
Farg‘ona viloyatida 1 nafar,
Toshkent viloyatida 2 nafar,
Toshkent shahrida 32 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 237549 (+37) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter