O‘zbekiston Qahramoni Musa Yerniyazov olamdan o‘tdi
Bugun Nukusda taniqli davlat va jamoat arbobi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining o‘rinbosari Yerniyazov Musa Tajetdinovich 73 yoshida vafot etdi.
Eslatib o‘tamiz, Musa Yerniyazovda koronavirus infeksiyasi tasdiqlanganidan beri u Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston filiali klinikasida davolanayotgani xabar qilingandi.
Musa Yerniyazov 1947-yil 20-dekabrda Kegeyli tumanida tug‘ilgan. U 2002-yildan beri Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi lavozimida ishlab kelayotgandi. U 2019-yili «O‘zbekiston Qahramoni» unvoniga sazovor bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter