Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston koronavirus infeksiyasining ikkinchi to‘lqiniga tayyor — mutaxassis

O‘zbekiston koronavirus infeksiyasining ikkinchi to‘lqiniga tayyor — mutaxassis

Foto: «Xabar.uz»

Bugun AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ishtirokida brifing o‘tkazildi. Mutaxassis kuz faslida kuzatilishi mumkin bo‘lgan koronavirus infeksiyasining ikkinchi to‘lqiniga O‘zbekiston tayyormi degan savolga quyidagicha javob qaytardi:

— Ha, tayyor. Epidemiya davrida vaziyat har tomonlama o‘rganib chiqildi. Shu davrga qadar erishilgan yutuq va kamchiliklar ko‘rib chiqilib, tahlil qilindi.

Hozirda shifoxonalar salohiyatli kadrlar va zarur moddiy texnika baza bilan ta’minlangan. Barcha shifoxonalar va mutaxassislarning  ushbu yo‘nalishda tajribalari bor. Ular kasallikni avj olishiga yo‘l qo‘ymaydilar.

Shu bilan birga bemorlarga o‘z vaqtida malakali va zamonaviy tibbiy yordam ko‘rsatishga imkon va barcha kerakli dori vositalarining zaxiralari yaratilgan.

Ayni vaqtda mamlakatimizda 3 500 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Hozirgi kunda COVID-19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash uchun 114 ta muassasada 19346 ta o‘rin tashkil etilgan. Yana 10 minga yaqin qo‘shimcha zaxira shifo o‘rinlarini  tayyorlash ishlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring