«Omikron» shtammi 89 mamlakatda aniqlandi
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) «omikron» shtammi dunyoning 89 mamlakatida aniqlangani haqida bayonot berdi.
«2021-yilning 16-dekabriga kelib, «omikron» JSSTning olti mintaqasidagi 89 mamlakatda aniqlandi», — deyiladi bayonotda.
«Omikron» «delta» shtammiga qaraganda ancha tez tarqalyapti, yangi shtamm qayd etilgan mamlakatlardagi ma’lumotlar ham buni tasdiqlaydi. Qayd etilishicha, kasallanish holatlari bir yarim-uch kunda ikki hissaga ko‘paymoqda.
E’tiborli jihati, yangi shtamm ommaviy immunitet yuqori darajada shakllangan mamlakatlarda tez tarqalyapti, ushbu holat sababi hozircha noma’lum.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter