Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Oliy sudning 32 yoshli xodimi vafot etdi

Oliy sudning 32 yoshli xodimi vafot etdi

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 32 yoshli xodimi Baxtiyor Mukadirov vafot etdi. Uning bevaqt vafotiga pnevmaniya sabab bo‘lgani aytilmoqda.

Uch yildan buyon Oliy mahkamada arxiv mudiri vazifasini ado etib kelgan B. Mukadirov mehnatkash, kamtar va kamsuqumligi bilan jamoa hurmatini qozongan edi.

Ahvoli og‘irlashgani sabab kuni kecha katta qiyinchilik bilan kasalxonaga joylashtirilgan B.Mukadirov bugun tushga yaqin omonatini topshirgan.

Marhumning yaqinlariga chiroyli sabr bersin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring