Olimlar ko‘rshapalaklarda o‘ta xavfli virus mavjudligini aniqladilar
Hindiston Milliy virusologiya instituti olimlari Maxarashtra shtatida odamlar uchun o‘ta xavfli Nipax virusini topdilar. Bu haqdagi maqola «Infeksiyalar va xalq salomatligi» jurnalida chop etildi.
Xabarlarga ko‘ra, ushbu virus dunyodagi eng xavflilaridan biri hisoblanadi. U ko‘pincha ko‘rshapalaklarda uchraydi, ammo odamga kasal hayvonning tupugi to‘kilgan mevalar orqali yuqishi mumkin. Ayni paytda virusga qarshi dorilar va vaksinalar mavjud emas, shuning uchun o‘lim darajasi 40 dan 75 foizgacha yetishi mumkin.
Olimlarning ta’kidlashicha, ko‘rshapalaklar ko‘pincha odamlarning yonida yashaydilar, shuning uchun virusni yuqtirish ehtimoli katta.
Maqolada aytilishicha, «takroriy epidemiyalar, o‘limning yuqori darajasi, odamdan odamga yuqish va samarali vaksinalar, virusga qarshi dorilarning etishmasligi» Hindiston va dunyodagi vaziyatni keskinlashtirmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter