Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar koronavirusni uy sharoitida davolasa bo‘ladigan ingalyatorni ixtiro qilishdi

Olimlar koronavirusni uy sharoitida davolasa bo‘ladigan ingalyatorni ixtiro qilishdi

Foto: «dailymail.co.uk»

Britaniyada Sautgempton universiteti olimlari koronavirusni mustaqil davolash uchun mo‘ljallangan ingalyatorni kashft etishdi. Bu haqda «Daily Mail» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, qurilma kasallikning erta bosqichida terapiya uchun mo‘ljallangan. Tadqiqot mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, agar COVID-19 vaqtida davolanilsa, o‘ta jiddiy asoratlarning oldini olish mumkin.

Ingalyator yordamida eksperimental dori vositasi qo‘llaniladi. Bemor nafas olganda dori o‘pkaga tushib, immun tizimning infeksiyalarga qarshi kurashishiga yordam beradi. Olimlarning aytishicha, SNG-001 nomli preparat dori o‘rnida foydalaniladi. U mayda chang zarralaridan iborat bo‘lib, o‘pkaga chuqur kira oladi.

Tadqiqot chog‘ida ingalyator koronavirusning ilk alomatlari paydo bo‘lgandan so‘ng 72 soat davomida bemorlarga beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring