Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar koronavirus tufayli yuzaga keladigan yangi kasallikdan xavotirda

Olimlar koronavirus tufayli yuzaga keladigan yangi kasallikdan xavotirda

Foto: «AP Photo/Frank Augstein»

Koronavirus bemorlarda diabet xavfini oshiradi, degan xulosaga kelishdi Melburn universiteti, London qirollik kolleji va bir qancha boshqa tadqiqot muassasalaridan kelgan olimlar jamoasi. Ularning tadqiqot natijalari «New England Journal of Medicine»da chop etilgan.

Tadqiqot chog‘ida mutaxassislar diabet kasalligi bemorlarda COVID-19 kechishini chuqurlashtirishini aniqlashdi. Statistikaga ko‘ra, koronavirus tufayli vafot etganlarning 20 — 30 foizi qandli diabet bilan og‘rishgan.

O‘z navbatida, koronavirus infeksiyasi virusni yuqtirgunga qadar diabet bilan og‘rimaganlarda qand kasalining rivojlanishiga turtki bergan. Ayrim vaziyatlarda bu o‘z ortidan jiddiy endokrin o‘zgarishlarni ergashtirib kelgan.

Olimlarning aniqlashicha, koronavirusning hujayralarga kirishini ta’minlaydigan ACE-2 proteini, shuningdek, glyukoza metabolizmiga javobgar a’zolarga ham ta’sir o‘tkazadi.

Shunga qaramay, olimlar bemorlar koronavirusdan tuzalgandan so‘ng glyukoza metabolizmidagi o‘zgarishlar ortga qaytish-qaytmasligini hozircha aniqlay olishmayapti. Shuningdek, COVID-19 ga chalingan bemorlarda rivojlanayotgan diabet yangi turdagi kasallikmi yoki oldingi ikkita tipga mansubmi degan savol ham ochiq qolmoqda. Bu savollarga javob topish maqsadida mutaxassislar koronavirus infeksiyasiga aloqador diabet bilan og‘riyotgan bemorlarning global reyestrini tuzishdi — SOVIDiab Registry.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring