Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odil Ahmedov O‘zbekistonga zarur tibbiy vositalar yubordi

Odil Ahmedov O‘zbekistonga zarur tibbiy vositalar yubordi

Odil Ahmedov

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori, Xitoyning «Shanxay SIP» klubi futbolchisi Odil Ahmedov mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatda tibbiyot muassasalari uchun zarur vositalarni taqdim qildi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi muxbiri xabar berdi.

Manbaning ma’lum qilishicha, tibbiy kombinezonlar, himoya ko‘zoynaklari va yuz himoya niqoblari O‘zbekiston Respublikasining Pekindagi elchixonasi va Shanxay shahridagi Bosh konsulxonasi ko‘magida yaqin kunlarda mamlakatimizga yetkaziladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring