OAV: Kanada bosh vazirining rafiqasi koronavirusga chalindi
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudoning rafiqasi Sofi Greguar-Tryudoda koronavirus qayd etilgan. Bu haqda AP News xabar bermoqda.
Xabarda ma’lum qilinishicha, Sofi 11-mart kuni Londondan qaytgan bo‘lgan. Hozirda u o‘zini yaxshi his etmoqda, ammo qoidagi ko‘ra izolatsiyaga olingan.
Bungacha Tryudo va uning turmush o‘rtog‘i karantinga olingan edi. Bosh vazirning o‘zida virus belgilari aniqlanmagan.
Kanadada shu vaqtga qadar jami 118 kishi koronavirusga chalingan.
Eslatib o‘tamiz, biroz avvalroq «Arsenal» futbol klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta ham ushbu kasallikka duchor bo‘lgani xabar berilgandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra COVID-19dan qariyb 5 ming odam vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter