Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nihoyat, COVID-19 sababini o‘rganuvchilarning Xitoyga borish sanasi ma’lum bo‘ldi

Nihoyat, COVID-19 sababini o‘rganuvchilarning Xitoyga borish sanasi ma’lum bo‘ldi

Foto: «Newsweek.com»

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mutaxassislari koronavirus kelib chiqish sababini o‘rganish uchun payshanba, 14-yanvar kuni Xitoyga borishadi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasi ma’lum qildi, tegishli bayonot rasmiy veb-saytda e’lon qilindi.

Idoraning ma’lumotlariga ko‘ra, mutaxassislarning borish sanasi ikki tomonlama kelishuvlardan so‘ng bir to‘xtamga kelingan. Xalqaro ekspertlar xitoylik hamkasblari bilan birgalikda COVID-19ning kelib chiqishini o‘rganadilar.

Avvalroq JSST rahbari Tedros Adanom Gebreyesus tashkilot mutaxassislari koronavirus kelib chiqishini tekshirish uchun Xitoyga kirishda to‘sqinlikka duch kelayotganligi haqida xabar bergan edik. U Xitoy hukumatini mutaxassislarning Xitoyga kirishi uchun zarur ruxsatnomalarni rasmiylashtirmaganlikda aybladi. JSST rahbari ushbu muammoni Xitoy rasmiylari bilan allaqachon muhokama qilganini va Pekin zarur ruxsatnomalarni berish tartibini tezlashtirishi haqida kafolat olganini aytdi.

Yangi turdagi koronavirus chaqirgan COVID-19 pnevmoniyasi ilk bor 2019-yil oxirida Xitoyning Uxan shahrida qayd etildi. 2020-yil 11-martda JSST pandemiyani e’lon qildi. 2021-yil 11-yanvarga kelib dunyoda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 90 milliondan oshdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring