Xitoy koronavirus manbaini boshqa davlatlardan ham izlashni taklif etmoqda
Xitoy xalq respublikasi tashqi ishlar vazirligining fikricha, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirus infeksiyasining kelib chiqish manbaini aniqlash uchun o‘z ekspertlarini nafaqat Xitoyga, balki boshqa davlatlarga ham yuborishi zarur, deb yozadi «NEWS.ru».
Sputnik radiosi xabariga ko‘ra, JSST bosh direktori Tedros Adxanom Gebreyesus tashkilot yaqin kunlarda Xitoyga COVID-19 kelib chiqish sababini aniqlash hamda hayvondan odamga qanday yuqqanini tekshirish uchun o‘z ekspertlarini yuborishini ma’lum qilgandi.
Xitoy xalq respublikasi tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin brifingda Pekin JSST delegatsiyasini qabul qilishga tayyor ekanligini, shu bilan birga, boshqa davlatlarga ham missiyasini yuborish zarurligini aytib o‘tgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter