Mayami meri Braziliya prezidenti bilan uchrashgach koronavirus yuqtirib oldi
Amerikaning Mayami shahri meri Frensis Suares koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda 13-mart kuni «Miami Herald» nashri xabar bergan.
Qayd etilishicha, Mayami merida Braziliya delegatsiyasi bilan uchrashganidan to‘rt kun o‘tgach, koronavirus aniqlandi. Delegatsiya tarkibida Braziliya prezidenti Jair Bolsonaru ham bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq jahon matbuotida Jair Bolsonaru koranavirus yuqtirgan ilk prezident bo‘lgani xabar qilingandi. Biroq bu hali rasman tasdiqlangani yo‘q. Jair Bolsonaru AQShga tashrifi davomida Donald Tramp bilan ham uchrashgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter