Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Latviyada vaziyat jiddiy: masofadan ishlashga o‘tilmoqda

Latviyada vaziyat jiddiy: masofadan ishlashga o‘tilmoqda

Foto: «CC BY»

Latviya hukumati koronavirus tarqalishi bilan bog‘liq yuzaga kelgan vaziyat tufayli mamlakat aholisiga 16-martdan masofadan ishlashga o‘tishni buyurdi, deya xabar berdi LETA agentligi tegishli farmonga tayanib.

Ushbu talab ob’yektiv ravishda masofadan turib ishlay olmaydigan faoliyat sohalaridagi xodimlarga tatbiq etilmaydi. Bunday xodimlar infeksiya tarqalishining oldini olish choralariga rioya qilgan holda smenali jadval asosida ishlaydi. Avvalroq xodimlarni masofaviy rejimga o‘tkazish tavsiya etilgandi.

Yangi cheklov favqulodda holat tugashi kutilayotgan 6-aprelgacha davom etadi.

Latviya Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda qariyb 93 ming koronavirus kasalligi aniqlangan, 83 ming kishi sog‘aygan, yana 1,7 ming kishi vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring