«Kuniga 25 tagacha o‘ta og‘ir holatdagi bemor keltirilmoqda» – Zangiota shifoxonasi direktori
Bugun «Vaksina – salomatlik va cheklovlarsiz hayot» mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi. Unda Zangiota 2-son yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori Doniyor Mirazimov og‘ir bemorlar soni ko‘p ekanini ma’lum qildi.
«Shifoxonamizda 250 ta reanimatsiya o‘rni yaratilgan. Bu juda katta ko‘rsatkich. Kuniga 25 tagacha o‘ta og‘ir holatdagi bemor keltirilmoqda. Ularning 40 foizdan ortig‘i 65 yoshdan oshgan fuqarolardir. Bu bemorlarning barchasiga emlanish tavsiya qilingan, ammo vaksina olishni istashmagan», dedi Doniyor Mirazimov.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter