Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning yashirin tashuvchilari kimligi ma’lum qilindi

Koronavirusning yashirin tashuvchilari kimligi ma’lum qilindi

Foto: «www.objectiv.tv»

Xitoylik olimlarning tadqiqotlariga ko‘ra, bolalar COVID-19 koronavirusni yashirin tashuvchilari bo‘lishi mumkin, chunki ularda bu kasallik nisbatan yengil o‘tadi. Ba’zida ularda kattalar singari hech qanday og‘ir alomatlar kuzatilmaydi.

Qayd etilishicha, xitoylik olimlar Guanchjou shahrida 2 oylikdan 15 yoshgacha bo‘lgan 745 nafar bolani tekshirishgan. Ularning barchasi koronavirusga chalingan insonlar bilan yaqin muloqotda bo‘lishgan. Biroq ulardan faqat o‘ntasida virus topilgan.

O‘n nafar bolaning hech birida og‘ir alomatlar kuzatilmagan. Yetti nafarda harorat yuqori bo‘lgan, biroq u 39 darajadan oshmagan. Yo‘tal, tomoq og‘rishi hollari bo‘lsa-da, ammo kattalarda singari mushak va bosh og‘rig‘i kuzatilmagan. Ko‘krak qafasi rentgen qilinganda pnevmoniya belgilari aniqlanmagan.

Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, bunday yengil alomatlar koronavirus tez tarqalishiga sabab  bo‘ladi. Bolalar uchun inkubatsion davr 14 kundan ortiq bo‘lishi mumkin. Bu esa ularning kasallikni yashirin tashuvchanligini oshiradi. Shuning uchun tadqiqotchilar bolalarni ko‘proq karantinda ushlab turish kerak deb hisoblaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring