Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusning yangi shtammi bolalarda qanday yuzaga chiqadi?

Koronavirusning yangi shtammi bolalarda qanday yuzaga chiqadi?

Foto: «Twitter.com»

Koronavirusning Britaniya shtammi bolalarda bir qator o‘ziga xos alomatlar bilan kechadi, deb xabar berdi «Express».

Virusni yuqtirgan bolalarning yarmidan ko‘pi charchoqdan aziyat chekishadi, ularning aksariyati odamovi bo‘lib qolishadi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, go‘daklarda kasallik jazava va yig‘i-sig‘i bilan namoyon bo‘lishi mumkin.

Shuningdek, koronavirusning Britaniya shtammi aniqlangan ko‘pgina bolalar bosh og‘rig‘idan shikoyat qilishgan. Shu bilan bir vaqtda ularning qorni ham og‘rishi mumkin.

37 darajadan yuqori tana harorati kasallikka chalingan bolalarning deyarli yarmida uchraydi. Shuningdek, tomoq og‘rig‘i ham organizmga infeksiya tushganligini bildirishi mumkin. Bundan tashqari, bir yoshgacha bo‘lgan chaqaloqlarning taxminan 35 foizi ishtaha yo‘qolishidan qiynalishadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring