Koronavirus inson tanasiga kirishining yangi yo‘li aniqlandi
Vashington universiteti va Qo‘shma Shtatlardagi boshqa ilmiy tashkilotlar olimlari koronavirusning insonlarga yuqishining yana bir yo‘lini aniqladilar. Bu haqda Phys.org nashri ma’lum qilmoqda.
SARS-CoV-2ning tanaga kirib borishi uchun odatiy mexanizm quyidagicha ishlaydi: virus oqsil yordamida hujayra yuzasida angiotensin konversiyalovchi 2 fermentiga (ACE2) yopishadi va unga kiradi. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, mutatsiya tufayli koronavirus ACE2 retseptorlarini ishlatmasligi mumkin. Ushbu kashfiyot shuni ko‘rsatadiki, virus kutilmaganda o‘zgarishi va organizmga yangi yo‘llar orqali yuqishi mumkin.
Tadqiqot mualliflari koronavirus «selektiv bosim» ostida ekanligini, bu esa uni ACE2 retseptoridan foydalangan holda virusga tanaga kirish uchun yangi yo‘llarni izlashga majbur qilishini aytmoqda. Olimlar bu hodisa qo‘rqinchli holat ekanligini ta’kidlashmoqda.
Ularning aniqlik kiritishicha, laboratoriya tashqarisidagi sharoitlarda bunday mutatsiya mumkinmi yoki yo‘qmi, hali aniq emas. Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, ular virusning hujayralarga kirishi uchun muqobil retseptor topishi kerak.
Avvalroq Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh tadqiqotchisi Sumiya Svaminatan koronavirusning «delta» turi dominant bo‘lib qolishi mumkin, deb aytgan edi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u allaqachon 85 dan ortiq mamlakatlarda mavjud. «Bu asl virusga (SARS-CoV-2. - tahr.) nisbatan kamida ikki barobar ko‘proq yuqadi», — deydi JSST vakili.
Mutaxassis bunday shtammga chalingan bemor «ikki, to‘rt, olti va hattoki sakkiz kishiga» kasallikni yuqtirishi mumkinligini ta’kidlagan. Shu sababli kasallik butun oilada tarqaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter