Koronavirusni yuqtirgan ayol boshida nimalarni his qilganini hikoya qilib berdi

AQShning Viskonsin shtatida istiqomat qiluvchi ayol koronavirusni yuqtirgach, kasallik paytida tortgan azoblarini «Twitter»da ifodalab berdi.
Emi Shirsel Yevropaga qilgan safaridan so‘ng noxushlikni his qilgan.
«Boshida bir-ikki kun alomatlar unchalik sezilmadi. Isitmam chiqdi, yengil yo‘tal, et uvushishi, bosh og‘rig‘i va tumov paydo bo‘ldi», — deb yozadi u 28-mart kuni. So‘ngra ayolda uyqu va ishtaha bilan bog‘liq muammolar kelib chiqqan. Koronavirus tahlil natijalari tasdiqlangandan so‘ng, to‘rtinchi kuni 22 yoshli amerikalik ayol ko‘ngil aynishi, nafas siqishidan qiynala boshlagan, tana harorati 39 darajaga ko‘tarilgan.
Bir kundan keyin, Shirsel yurishga qiynala boshlagandan so‘ng «Tez yordam»ni chaqirgan. Tibbiyot xodimlari uni shifoxonaga olib ketishgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter