Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusga qarshi yangi dori vositasi topildi

Koronavirusga qarshi yangi dori vositasi topildi

Foto: «Newkuban.ru»

Atipik pnevmoniyaga qarshi kurash uchun ishlab chiqilgan preparatlar COVID-19ga qarshi kurashishga ham yordam berishi mumkin. Avstraliyadagi Uolter va Eliza Xoll tibbiy tadqiqotlar instituti olimlari shunday xulosaga kelishgan. Bu haqda «The EMBO Journal» xabar bergan.

Mutaxassislar SARS-CoV-2ning hal qiluvchi fermenti — PLpro deubikvitinazasini bloklovchi yangi dori birikmalarini topishdi. Bu birikmalar barcha koronaviruslar tarkibida bo‘lib, hujayralarga yuqtirish va ularning ichida patogen ko‘payishida muhim rol o‘ynaydi. U, shuningdek, virusga qarshi qaratilgan himoyani o‘chiradi. COVID-19ga qarshi preparatning samarasi boshida atipik pnevmoniyaga qaratilgandi va u laboratoriya tadqiqotlarida o‘z isbotini topgan.

Olimlar ANSTO sinxrotronidan foydalanib, SARS-CoV-2da PLpro odam oqsillari bilan o‘zaro aloqaga kirishishini aniqlashdi, mavjud preparatlar uchun potensial nishonni belgilashdi. Shundan so‘ng ular ushbu aloqani to‘sib qo‘yadigan dori birikmalarini tekshiruvdan o‘tkazdilar.

PLproni zararsizlantirishga qodir dori vositasi nafaqat COVID-19ga qarshi, balki kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan boshqa koronavirus infeksiyalarida ham foydali bo‘lishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring