Afrikada koronavirusga qarshi vaksina sinovlari boshlandi
Janubiy Afrika Respublikasida, Afrikada birinchi bo‘lib, koronavirusga qarshi vaksina sinovlari boshlandi. Bu haqda mahalliy «eNCA» telekanali xabar berdi.
Sinovlarda 2 ming nafar ko‘ngilli qatnashyapti. Vaksina Britaniyaning Oksford universiteti va «AstraZeneca» farmatsevtika korporatsiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. Xuddi shunday sinovlar Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan edi, endi vaksina sinovlariga Braziliya va AQSh ham qo‘shilishi kutilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter