Koronavirusga qarshi vaksina bepul va ixtiyoriy bo‘ladi — Germaniya

Koronavirusga qarshi samarali vaksina tayyorligi ma’lum qilingach, Yevropa mamlakatlari ommaviy emlashga hozirlikni boshlab yubordi. Ayniqsa, Germaniya bir bosh baland — nemis hukumati mamlakatning barcha fuqarolari vaksinani bepul olishlarini bildirdi, deb yozmoqda «Comments.ua».
SSV matbuot xizmati xodimi Evaldning aytishicha, kimda qanaqa sug‘urta bo‘lishidan qat’i nazar, emlash bepul bo‘ladi. Umuman olganda, Yevropa ittifoqi 300 million doza vaksina xarid qiladi. Vaksinatsiyaga qarshi kayfiyatdagilarning xohishlari ham inobatga olingan, emlash ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi, majburlash yo‘q.
Mavzuga oid: Yaponiya aholisi bepul vaksinatsiya qilinadi
Berlindagi iqtisodiy tadqiqotlar instituti o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra, germaniyaliklarning 70 foizi COVID-19ga qarshi vaksinani ixtiyoriy qabul qilishga rozi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter