Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirusdan davolayotgan shifokorlarga ish haqi to‘lash tartibi o‘zgardi

Koronavirusdan davolayotgan shifokorlarga ish haqi to‘lash tartibi o‘zgardi

Foto: «Xabar.uz»

Mamlakatimizda besh oydan oshiq vaqt davomida tibbiyot muassasasida qolib ishlayotgan tibbiyot xodimlari 14 kunlik «vaxta» usulida emas, balki kunbay kelib-ketish tizimiga o‘tish bo‘yicha o‘z takliflarini bildirishmoqda, deb xabar bermoqda SSV axborot xizmati.

Rossiya, Turkiya, Germaniya, Xitoy, Koreya va boshqa rivojlangan mamlakatlar ekspertlari ham koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarni davolashga mo‘ljallangan, saralash va provizor shifoxonalari hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalari xodimlari ish rejimini, ularning sanitariya va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda kunbay kelib-ketish tizimiga o‘tkazilishiga ijobiy munosabat bildirgan.

Yuqoridagi taklif va tavsiyalardan kelib chiqib, Respublika maxsus komissiyasining joriy yilning 17-avgustidagi tegishli yig‘ilish bayoniga ko‘ra, shu yilning 20-avgust sanasidan quyidagi tartib joriy etiladi:

  • koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni davolash ishlariga jalb qilingan hamda ushbu infeksiyani aniqlash laboratoriyasi xodimlari 14 kunlik «vaxta» usulidan, ularning sanitariya va gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda kunbay kelib-ketish tizimiga o‘tiladi;
  • ish hajmidan kelib chiqib, 6 kunlik kunbay ishlash mumkinligi belgilangan holda har 30 kun uchun bir oylik ish faoliyati yakuni bo‘yicha:

- shifokorlarga 25,0 mln. so‘m;

- o‘rta tibbiy xodimlarga 15,0 mln. so‘m;

- kichik tibbiy xodimlarga 10,0 mln. so‘m;

- boshqa xodimlarga 5,0 mln. so‘m miqdorida maxsus rag‘batlantirish to‘lovlari (daromad solig‘idan tashqari) to‘lanishi belgilandi.

Kunlik qo‘shimcha to‘lovlardan tashqari, asosiy ish joyidagi oylik maoshi saqlab qolinishi hamda xodimlarning dam olish va bayram kunlaridagi ishlari uchun ularga belgilangan tartibda ikki hissa haq to‘lanadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring