Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

2025-yilda ish haqi va ijtimoiy soliq xarajatlari uchun 154,3 trln so‘m ajratiladi

2025-yilda ish haqi va ijtimoiy soliq xarajatlari uchun 154,3 trln so‘m ajratiladi

2025-yilda ish haqi va ijtimoiy soliq xarajatlari jami Davlat budjeti xarajatlarining 44,8 foizini yoki YaIMga nisbatan 9,5 foizni tashkil etishi prognoz qilinmoqda.

Jumladan, 2025 yilda ish haqi va ijtimoiy soliq xarajatlari uchun 154,3 trln so‘m yoki 2024 yilgi tasdiqlangan rejaga nisbatan 27,6 trln so‘mga ko‘p mablag‘ ajratilishi ko‘zda tutilgan. Shundan ijtimoiy sohaning ish haqi xarajatlari 97,2 trln so‘mni (ta’lim 62,1 trln so‘m, sog‘liqni saqlash – 30,1 trln so‘m, madaniyat va sport – 3,9 trln so‘m) yoki jami ish haqi xarajatlarining 63,2 foizini tashkil qiladi.

Ma’lumot uchun, Budjetnomada makroiqtisodiy siyosatning asosiy maqsadlardan biri 2030 yilga qadar iqtisodiyot hajmini 2 barobarga oshirish va «daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar» qatoriga kirish uchun aholi jon boshiga YaIM hajmini 4 ming AQSh dollaridan oshirish belgilanmoqda.

Buning uchun inson kapitalini rivojlantirishga ustuvor e’tibor berilib, bu sohadagi xarajatlarning ustuvorligi ta’minlanadi, shuningdek, ijtimoiy himoya uchun ajratilgan mablag‘larning manzilliligi va samaradorligi oshiriladi. Aholining real daromadlarini oshirish maqsadida har yili budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va nafaqalar miqdorlari inflatsiya darajasidan kam bo‘lmagan miqdorda oshirib boriladi. Shuningdek, davlat pensiya tizimini isloh qilish va ijtimoiy sug‘urta tizimini rivojlantirish rejalashtirilgan.

Shu bilan bir qatorda fiskal intizom buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan bir qator ichki va tashqi xatarlar ham sanab o‘tiladi. Unga ko‘ra, ish haqi miqdorining budjet parametrlarida ko‘zda tutilgan miqdorlardan qo‘shimcha ravishda 1 foiz bandga oshirilishi yiliga 1,5 trln so‘m atrofida, pensiya miqdorining 1 foiz bandga oshirilishi esa 730 mlrd so‘m, nafaqa oluvchilar sonining 10 foizga oshirilishi 740 mlrd so‘m miqdorida qo‘shimcha xarajatlar talab etadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring