Koronavirus yuqtirishning yangi o‘choqlari paydo bo‘lmoqda
Kecha yurtimizning barcha hududlarida koronavirus aniqlanib, bir nafar bemor vafot etdi.
2021 yil 18 iyun holati bo‘yicha O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 105610 (+391) nafarni tashkil etmoqda.
SSV statistikasiga ko‘ra, Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida kasallanish o‘choqlari paydo bo‘lgan. Bu viloyatlarda Samarqand, Toshkent viloyati va poytaxtdagi kabi koronavirus yuqtirishlar soni ortgan.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 13 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
- 8 nafari Andijon viloyatida,
- 12 nafari Buxoro viloyatida,
- 27 nafari Jizzax viloyatida,
- 5 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 3 nafari Navoiy viloyatida,
- 7 nafari Namangan viloyatida,
- 60 nafari Samarqand viloyatida,
- 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 66 nafari Surxondaryo viloyatida,
- 5 nafari Farg‘ona viloyatida,
- 5 nafari Xorazm viloyatida,
- 45 nafari Toshkent viloyatida,
- 132nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Kasallikdan sog‘ayganlar jami 101311 (+293) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 718 nafarni tashkil qildi.
Ayni paytda tibbiyot muassasalarida 3581 nafar bemor davolanmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter