Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus yuqtirganlar soni bu safar kam chiqdi

Koronavirus yuqtirganlar soni bu safar kam chiqdi

2020-yil 11-may soat 23:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2486 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Avvalroq soat 16:00 holatiga ko‘ra kasallanganlar soni 2482 nafarga yetgani ma’lum bo‘lgandi. O‘tgan yetti soat ichida yana 4 kishida kasallik aniqlangan. Bungacha bugunning o‘zida 64 kishida infeksiya qayd etilgandi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda O‘zbekistonda 1988 kishi koronavirusdan to‘liq tuzalgan, 10 kishi vafot etgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring