Koronavirus yuqtirganlar soni 600 nafardan oshib ketdi
![Koronavirus yuqtirganlar soni 600 nafardan oshib ketdi](https://static.xabaruz.com/crop/1/3/720_460_95_1386329848.jpg)
2020-yil 10-aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 624 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Kecha, 9-aprel soat 15:30 holatiga ko‘ra, bemorlar soni 582 nafarga yetgani xabar qilingan edi. Ular soni 42 nafarga oshgan.
Eslatib o‘tamiz, hozirga qadar 38 nafar bemor sog‘ayib chiqqan, 3 nafari esa vafot etgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter