Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus yuqtirgan bemorlar soni oshdi. Ulardan sakkiz nafari og‘ir ahvolda

Koronavirus yuqtirgan bemorlar soni oshdi. Ulardan sakkiz nafari og‘ir ahvolda

Foto:«UzReport.uz»

2020-yil 15-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 2652 (+7) nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar berdi. 

7 nafar yangi kasallanish holatining 3 nafari xorijdan kelib, karantinga olingan, qolgan 4 nafari ham oldindan karantin muassasalarida kuzatuvda bo‘lgan fuqarolar orasidan aniqlandi. Xorijdan kelib, kasallanish qayd etilgan 3 nafar fuqaro 9 va 13 may kunlarida Tojikistondan kelgan va karantinga olingan.

Ayni paytda yurtimizda 2136 nafar fuqaro koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aydi. Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 505 nafar bemordan 8 nafari og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring