Koronavirus yuqtirgan abituriyentlar DTMga ariza bilan murojaat qilishi lozim
DTM bosh boshqarma boshlig‘i Barno Rajabov koronavirus yuqtirish natijasida imtihonlarda qatnasha olmayotgan abituriyentlar bo‘yicha tushuntirish berdi.
«Koronavirus infeksiyasi bilan kasallanib imtihonga qatnasholmagan abituriyentlar DTMga ariza bilan murojaat qilishlari kerak bo‘ladi.
DTM markazi Davlat komissiyasiga takliflar kiritadi. Va ular ham test imtihonlariga qatnashishlari masalalari ko‘rib chiqiladi», —dedi DTM rasmiysi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda testlar 13-sentyabrda yakunlanadi, harorati oshgani sabab imtihonga qo‘yilmaganlar 17-sentyabrda qayta test topshiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter