Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Koronavirus va karantinga oid rost va yolg‘on xabarlar

Koronavirus va karantinga oid rost va yolg‘on xabarlar

Foto: «Xabar.uz»

Ayni kunlarda koronavirus infeksiyasi tarqalishiga oid vaziyat biroz yomonlashayotgani ortidan o‘tgan yilgi karantin cheklovlari haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda takroran aylanib yuribdi. Ko‘pchilik qaysi xabar joriy yilgi va qaysi biri o‘tgan yilgi ekanligini farqlay olmayapti, chunki sanalar bir-biriga to‘g‘ri kelmoqda.

Xushnudbek.uz kanali rost va yolg‘on xabarlarni yig‘ib chiqdi:

Rost xabarlar:

  • Toshkentda epidemiologik vaziyat yomonlashgan taqdirda joriy yilning 1 aprelidan boshlab ommaviy tadbirlarni vaqtincha to‘xtatib turilishi mumkin;
  • 16 mart kunidan boshlab poytaxtning Mirzo Ulug‘bek, Chilonzor va Yunusobod tumanlaridagi maktablarda o‘qish onlayn rejimga o‘tkazildi;
  • Karantin cheklovlariga amal qilmagan (xususan tibbiy niqobsiz bo‘lgan) fuqarolarga ma’muriy jarimalar qo‘llash yana boshlandi;
  • Navro‘z bayrami tadbirlari ob-havo sharoitini inobatga olgan holda ochiq joylarda, ya’ni bog‘lar, xiyobonlar va o‘yingohlarda o‘tkaziladi;
  • Navro‘z bayramida aholi gavjumligining oldini olish maqsadida tadbirlarni kichik hajmda mahallalarda tashkil etiladi va barcha tashrif buyuruvchilar niqobda bo‘lishi talab etiladi;
  • Koronavirus bilan kunlik kasallanishlar soni 100dan oshdi;
  • 7 mart kuni koronavirus tashxisi qo‘yilgan bemor vafot etdi;
  • Olmazor tumanidagi 117-sonli bog‘chaning 2 nafar tarbiyalanuvchisi va 2 nafar tarbiyachisida koronavirus infeksiyasi aniqlanishi sabab bog‘cha vaqtincha yopildi;
  • Toshkent viloyatidagi bozor va jamoat joylarida nazorat kuchaytirildi.

Yolg‘on xabarlar:

  • 16 martdan karantin e’lon qilindi va OTM hamda maktablar to‘liq onlayn o‘qishga o‘tdi;
  • Zangiotadagi yuqumli kasalliklar shifoxonalari «to‘lib ketdi», reanimatsiya bo‘limlarida bemorlar og‘ir ahvolda;
  • 27 mart soat 10:00 dan e’tiboran viloyatlararo transport vositalarining harakati butunlay to‘xtatiladi;
  • 27 martdan viloyatlar tarkibidagi shahar va tumanlararo transport qatnovi harakati ham vaqtincha cheklanadi;
  • zarur bo‘lmagan hollarda fuqarolarga uyidan tashqariga chiqishi cheklanadi;
  • faoliyatini to‘xtatmagan barcha ko‘ngilochar ob’yektlar, shu jumladan restoran, kafe, oshxona, choyxona, singari tadbirkorlik sub’yektlariga keskin jazo choralari ko‘riladi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring