Koronavirus tufayli olamdan o‘tgan onasining dafn marosimida qizi ham vafot etdi
Britaniyalik ayol koronavirus tufayli hayotdan ko‘z yumgan onasining dafn marosimida vafot etdi, deya xabar berdi «Daily Mail».
Ma’lumotlarga ko‘ra, 63 yoshli Juli Merfi Uorikshirdagi Aterstoun qabristoniga olib kelingan. Dafn marosimida farzandlari, jumladan, 32 yoshli qizi Lora Richards ham ishtirok etgan.
Birdan ayolning ahvoli yomonlashib, hushidan ketdi. Marosim ishtirokchilari shu zahoti unga yordam berishga tushishdi, biroq baribir Richardsni qutqarib qolisholmadi: ayol yurak xurujidan vafot etdi.
8-aprel kuni Lora otasi va onasining yoniga dafn etildi. Karantin tufayli atigi besh kishi u bilan vidolashishga muvaffaq bo‘ldi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter